16 Avgust 2022 yil 235

Sayxunobod tumanida kamondan o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini taʼminlash, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yana-da kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov huzurida o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida 2022 yil 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar bo‘lgan bir oylik muddatda “Vatanparvarlik oyligi” deb eʼlon qilinganligi hamda Sayxunobod  tumani Ichki ishlar bo‘limida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilsh-oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkaziladigan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida 14 avgust kuni tuman IIB shaxsiy tarkibi hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida kamondan o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi. O‘tkazilgan musobaqada xodimlar xizmat yo‘nalishi bo‘yicha 5 guruhga bo‘linib, musobaqada ishtirok etdilar. Ushbu musobaqada shaxsiy tarkib faol ishtirok etib bir qator ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

 Sayxunobod tumani IIB

Text to speech