Qabullar: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
Bugungi kun har bir rahbardan xalq dardi bilan yashash bilan birga muammolariga o‘z vaqtida yechim topishni talab etayapti. Aholi murojaatlarini o‘rganish, shu orqali ularga munosib turmush sharoiti yaratib berish sektor rahbarlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Amaliyotga joriy etilgan shaxsiy qabul tizimi sektor rahbarlarining aholi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish samarali mexanizm hisoblanadi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 3-sektor rahbari Prezident Administratsiyasi tomonidan belgilab berilgan jadval asosida Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasida shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabulga tashrif buyurgan har bir fuqaroni qiynayotgan muammo sektor rahbari tomonidan diqqat bilan eshitilib, hal qilinish choralari ko‘rildi.
Xususan, joriy qabulda 4 nafar fuqaroning murojaati eshitilib, ularning 1 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. Shu bilan birga, 1 ta murojaat yuzasidan asosli tushuntirish berilib, 2 ta murojaatlar qo‘shimcha o‘rganishni talab qilganligi sababli, ijrosi nazoratga olinib tekshiruv ishlari o‘tkazilishi belgilandi.
Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi