22 Dekabr 2021 yil 576

Profilaktika inspektorlari “Maxsus vositalarni qoʻllash, foydalanish va saqlash tartibi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari boʻlib oʻtdi.

Soʻnggi vaqtlarda Ichki ishlar organlarining qonuniy talablariga boʻysunmaslik, maʼmuriy huquqbuzarlik hamda jinoiy qilmishlar sodir etgan shaxslarni qoʻlga olish, olib kelinishida ushbu fuqarolar tomonidan qarshilik koʻrsatish holatlari uchrab kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan, Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalari va oʻq-otar qurolni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan ichki ishlar organlari xodimlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish chogʻida jismoniy kuch ishlatishi, oʻq-otar qurol va maxsus vositalarni qoʻllashga boʻlgan ehtiyojni oshirmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektorlari uchun yangi zamonaviy maxsus vositalar olinib, xizmatga jalb etilayotgan xodimlarga xizmatda foydalanish uchun berilishi, shu boisdan xodimlarga maxsus vositalar, oʻq-otar qurollar hamda jismoniy kuch ishlatish boʻyicha maxsus tasdiqlangan dasturga asosan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, profilaktika inspektorlariga oʻrnatilgan tartibda sertifikatlar berilishi belgilangan.

Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik oʻquv markazining malakali mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining 245 nafar profilaktika inspektorlari bilan maxsus vositalarni (PR-73, elektroshoker hamda qoʻl kishanlari) qonuniy qoʻllash va xizmatda foydalanish tartibi boʻyicha qisqa muddatli mobil sayyor oʻqitish oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Tashkil etilgan oʻquv kurslari jarayonida barcha xodimlar elektroshoker qurilmasidan foydalanish hamda qoʻllash boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish bilan bir qatorda, xodimlar tomonidan kelgusida bevosita xizmat faoliyatlari davomida ushbu qurilmadan foydalanishda huquqiy asos sifatida belgilangan namunadagi sertifikatga ega boʻldilar.

Sirdaryo viloyati IIB HPB

Text to speech