9 Iyun 2022 yil 844

O‘n besh ming AQSH dollariga baholangan qizaloq. 

Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.  

1996 yilda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tug‘ilgan, Guliston shahrida yashab kelayotgan fuqaro O.U o‘zining 2021 yil 03 iyun kuni tug‘ilgan farzandi O.Shni o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini va ojiz axvoldaligini bila turib, “xaridor” fuqaro M.G ga 15.000 (o‘n besh ming) AQSH dollari evaziga sotgan vaqtda ushlangan va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan, Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan O.Uga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech