22 Noyabr 2021 yil 409

Olti oyda sud eksperti boʻlish mumkin boʻladi

Hukumat qarori (706-son, 22.11.2021-y.) bilan Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriy asosda sud-ekspertizasining muayan turida faoliyat yuritish istagida boʻlgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida 6 oy davom etadi.

Qayta tayyorlash kurslari yiliga 2-marta oktabr va fevral oylarida boʻladi.

Sud-ekspertiza tashkilotlari kurs tashkil etilishi toʻgʻrisida 3 oy oldin e’lon beradi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.

Kursga qabul qilish uchun 7 kishidan iborat komissiya tuziladi, kurslarning 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat boʻladi.

Tinglovchilar bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazorat boʻyicha baholanadi.

Kurs bitiruvchilari kelgusida sud eksperti sifatida ishlashi mumkin.

Text to speech