Ogʻufurushning hiylasi pand berdi.
Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro R.G Toshkent shahridan qaytayotgan vaqtda, 1995-yilda Guliston shahrida tugʻilgan fuqaro U.D boshqaruvida boʻlgan Lasetti rusumli avtomashina Guliston shahar yoʻnalishi boʻyicha Sirdaryo tumani Adolat mahallasi Turkiston koʻchasida harakatlanib ketayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan toʻxtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina koʻzdan kechirilganda, avtomashina orqa oʻrindigʻi tagidan 2 dona konvalyutadagi jami 20 dona “Zardeks” nomli hamda qora rangli, sellofan paketga solingan, 9 dona “Tropikamid” nomli va 1 dona “Selofan” nomli dori vositalari borligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan. Davom ettirilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.G Sirdaryo tumani Kamolot mahallasi hududida avtomashinadan tushib qolganligi, xodimlar tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida R.G qoʻlga olingan. Surishtiruvlar davomida “Sirdaryo YPX maskaniga” yetmasdan qolgan dori vositalarni yoʻlning oʻng chetiga tashlab yuborganligini maʼlum boʻlgandan soʻng, xolislar ishtirokida u koʻrsatgan joy koʻzdan kechirilganda, 19 dona konvelyutadagi jami 190 dona va shaxsiy tintuv qilinganda kurtkasi ichki choʻntagidan 6 dona “Zardeks” nomli dori vositalari borligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati