16 Oktyabr 2021 yil 1158

Navbatdagi sayyor qabul Guliston shahrida boʻlib oʻtdi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joylarda fuqarolarning jamoatchilik qabullari oʻtkazilmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki va yozma murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Shu yilning 16-oktyabr kuni MvaFRBB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik A.Ya.Mehmonov boshchiligida Guliston shahar “Xalq qabulxonasi” binosida Sirdaryo viloyati aholisi uchun, Migratsiya sohasidagi masalalar, xususan, fuqarolikni olish, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish, chet elga chiqish uchun biometrik pasport berish, chet el fuqarolarining boʻlish muddatini uzaytirish va boshqa masalalar boʻyicha qabul boʻlib oʻtdi.

Jamoatchilik qabulida koʻpgina muammolar joyida hal qilindi. Fuqarolarning individual murojaatlari uchun belgilangan muddatlar bilan koʻrsatmalar berildi. Bir qator murojaatlar boʻyicha tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Qabul yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan toʻrt nafar fuqaroga hamda uch nafar un olti yoshga toʻlgan shaxslarga tantanali ravishda identifikatsion ID-kartalar taqdim etildi.

Shundan soʻng, Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi”ga tashrif buyurildi va oʻn olti yoshga toʻlgan besh nafar tarbiyalanuvchilarga identifikatsion ID-karta va sovgʻalar topshirildi.

 

Text to speech