Murojaat muammo va yechim
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sanjar Djabarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.
O‘tkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 25 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi, shundan 4 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijobiy hal etildi, 7 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshlig‘i tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 10 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bo‘yicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazilishi belgilandi.
Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi