25 Iyul 2022 yil
616
Mirzaobod tumanida jinoyat sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan qidiruv tadbir davomida, Mirzaobod tumani IIB JQG xodimlari tomonidan O‘z.Res JKning 238-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi uchun 2022 yil 18 iyun kuni Mirzaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan qidiruv eʼlon qilingan 1971 yilda tug‘ilgan Guliston shahrida yashovchi, R.K Sirdaryo viloyati Guliston shahar hududidan ushlanib Mirzaobod tumani IIB Tergov guruhiga topshirildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati