21 Yanvar 2023 yil 269

Mirzaobod tumani Ichki ishlar boʻlimida oʻtgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari-Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi podpolkovnik Shermatov Qahramon Xotam oʻgʻli raisligida tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2022-yilning 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

2022-yil davomida tuman hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda viloyat miqyosida yuqori koʻrsatkichlar qayd etilgan bir vaqtda tumanning ayrim mahallalarida oldi olinishi kerak boʻlgan jinoyatlarni oshib ketishiga sabab boʻlgan omillar oʻrganilib, xizmat faoliyati davomda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyatiga joriy yilning 1 choragi yakunida baho berilishi, qoʻpol kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga intizomiy jazo choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Tuman masʼul rahbarlariga qoʻl ostidagi xodimlarning ijrochilik va xizmat intizomini mustahkamlash, maʼnaviyatini yuksaltirish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning istiqbolli rejalari belgilab olindi.

Mirzaobod tumani Ichki ishlar boʻlimi.

Text to speech