29 May 2023 yil 305

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritish haqidagi O‘RQ-842-sonli qabul qilingan qonunga asosan, Sirdaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Alisher Mirzaqulov ishtirokida viloyat Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida, O‘zbekiston Respublikasi MJtKga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga berilgan vakolatli moddalar, sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish, qonuniy qaror qabul qilish borasida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida qatnashchilarga asosiy eʼtibor, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari va shaʼni, qadr-qimmatini saqlash asosiy vazifa ekanligi taʼkidlandi.

 Sirdaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi

Text to speech