“Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat mintaqaviy filiali xodimlari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.
Fuqaro J.A, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirgan holda unga ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat mintaqaviy filiali xodimlari A.U va O.Yu hamda “MUXAMMADJON NURLI FAYZ” MCHJ norasmiy raxbari S.D bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 2020 yil avgust oyida YATT J.A va YATT Q.Gning nomiga tikuvchilik faoliyatini takomillashtirish maqsadi bilan chiqarilgan jami 60.000.000 so‘m kredit hujjatlarini soxtalashtirib, kafil sifatida ishtirok etmagan fuqaro N.M va fuqaro O.Ilarni kafil sifatida rasmiylashtirib, ularning nomidan bajarilgan imzo va yozuvlarni soxtalashtirib, kredit hujjatlarini soxtalashtirib, norasmiy rahbari S.D bo‘lgan, hisobida tikuvchilik uskunalari bo‘lmagan, “MUXAMMADJON NURLI FAYZ” MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib, kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, pullarni naqdlashtirib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 2-qismi “B” bandi, 228-moddasi 3-qismi va 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ATB “Mikrokreditbank” Sirdaryo mintaqaviy filiali sobiq xodimi A.U va boshqalarni ayblash haqidagi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 29.06.2022 yilda “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat mintaqaviy filialida filial boshlig‘i T.Kalonov, Guliston shahar prokurori o‘rinbosari U.A.Kushbakov, Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i B.Ismoilov, Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi S.Sobirov va bank xodimlari ishtirokida sodir etilgan jinoyat muhokama etildi.
Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi