24 Iyun 2022 yil 51

Mahkumlar o‘talmay qolgan axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

2022 yil 22 iyun kuni Yangiyer shahar Navro‘zoobd MFY binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi, Unda Yangiyer shahar IIB boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jami 9 nafar mahkum tayinlangan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish xaqidagi taqdimnomalari to‘plangan hujjatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi, Sayyor sud majlisida Yangiyer shahar prokurori yordamchisi O.Qobilov hamda Yangiyer shahar IIB Probatsiya guruhi katta inspektori A.Boqibekovning Yangiyer shahar IIB boshlig‘ining taqdimnomasini qanoatlantirish xaqidagi fikrlari eshitilib, mahkumlar E.O, B.O, O.B, A.K, A.T, Sh.D, B.F, S.X, va Z.Elar tinglanib hamda ularning shaxsi inobatga olinib, shuningdek JKning 73-moddasida belgilangan jazo muddatini haqiqatda o‘tashganligini inobatga olib, Yangiyer shahar IIB boshlig‘ining taqdimnomalarini qanoatlantirish haqida ajrimlar chiqarildi.

Ajrimga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan yuqorida shartli ravishda ism-sharflari keltirilgan mahkumlar o‘talmay qolgan axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Shuningdek o‘tkazilgan sud jarayonida nazorat ostidagi shaxslar E.O, B.O, O.B, A.K, A.T, Sh.D, B.F, S.X, va Z.Elarga  Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudining raisi J.Xaydarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jazoning o‘talmagan qismida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda JKning 60-moddasiga asosan javobgarlik masalasi tushuntirildi.

 Yangiyer shahar IIB JXX Probatsiya guruhi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech