31 Yanvar 2024 yil
1490
"Mahalla yettiligi" xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi
Shirin shahridagi mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB IPG xodimi tomonidan aniq tushuntirib berildi.