7 Dekabr 2021 yil 345

Litsey o’quvchilari uchun noan’anaviy master klass

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning ko‘rsatmasiga asosan Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tuman-shahar ichki ishlar organlari boshliqlari tomonidan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladigan master-klass mashg‘ulotlari reja jadvali tasdiqlanib, ijroga qaratildi.

Endilikda har haftaning juma kuni ichki ishlar organlari boshliqlari idoraviy litsey o‘quvchilari uchun buyuk sarkardalar, ulug‘ ajdodlarimiz, shuningdek ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida master klass mashg‘ulotlari o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Dastlabki mashg‘ulot mehmoni va maʼruzachisi Boyovut tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Abramov Jaxongir Erkinovich bo‘ldi. Podpolkovnik J.E.Abramov “Konstitutsiya-Milliy Qomusimiz” hamda Amir Temur tuzuklari-tarixiy davlatchiligimiz muhim manbasi mavzularida litsey o‘quvchilari bilan qizg‘in savol-javoblarga asoslangan maʼruzalar olib bordi.

Mashg‘ulot so‘ngida IIB boshlig‘i faol o‘quvchilarga o‘zining shaxsiy fondidan esdalik uchun badiiy kitoblar sovg‘a qildi. Litsey o‘quvchilari va ichki ishlar organlari xodimlarini bevosita bog‘lashga xizmat qiluvchi, kelajagini mazkur sohada ko‘rishni orzu qilgan tadbir ishtirokchilarida olam-olam taassurot uyg‘otdi. Master klass mashg‘ulotlari davom etadi. 

Text to speech