2 Iyun 2022 yil 490

Kredit mablag‘larini talon-taroj qilgan 2 ta bank masʼul xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqaro X.M, unga ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, “Asaka-bank” ATB Sirdaryo viloyat filiali to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo bo‘limi yetakchi mutaxassisi X.G‘ bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, 2020 yil fevral oyida, u bilan birga Guliston shahar 5-sonli umumtaʼlim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro F.Qga, u turmush o‘rtog‘i bilan birga “LASETTI” rusumli avtomashina sotib olmoqchi bo‘lganligini, avtomashina to‘lovi uchun pul yetmayotganligini, shu sababli uning nomiga “Asaka-bank” ATB Sirdaryo viloyat filialidan 15.000.000 so‘m miqdorida kredit olishini, olingan kreditni o‘zi to‘lab berishini aytib, uning ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan uning nomiga 15.000.000 so‘m miqdorida kredit chiqarilishiga erishib, olingan kreditni X.G‘ning pullarni naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi firma va isteʼmolchi fuqaro F.Q o‘rtasida soxta oldi-sotdi shartnomasini tuzib, olingan isteʼmol kreditini naqdlashtirib, olingan pul mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Shuningdek X.M, unga ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, “Asaka-bank” ATB Sirdaryo viloyat filialining to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo bo‘limi yetakchi mutaxassisi x.G‘ bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, 2020 yil fevral oyida, u bilan birga Guliston shahar 5-sonli umumtaʼlim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro M.Rga, u turmush o‘rtog‘i bilan birga “LASETTI” rusumli avtomashina sotib olmoqchi ekanligini, avtomashina to‘lovi uchun pul yetmayotganligini, shu sababli uning nomiga “Asaka-bank” ATB Sirdaryo viloyat filialidan 22.000.000 so‘m miqdorida isteʼmol krediti olishini, olingan kreditni o‘zi to‘lab berishini aytib, uning ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan uning nomiga 22.000.000 so‘m miqdorida kredit chiqarilishiga erishib, olingan kreditni X.G‘ orqali amalda maishiy texnika buyumlari savdosi bilan shug‘ullanmagan va ixtiyorida umuman maishiy texnika buyumlari bo‘lmagan “NODIRBEK MEGA PROJEST” MCHJ bilan isteʼmolchi fuqaro M.R o‘rtasida 11.02.2020 yilda soxta shartnoma tuzib, o‘tkazilgan isteʼmol krediti pullarini naqdlashtirib olingan pul mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro X.M, “Asaka-bank” AJ Guliston filiali xodimi X.G‘, “Ipoteka-bank” ATB Sirdaryo viloyat filiali xodimi D.Nlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari, 168-moddasi 3-qismi “B” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a,B” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha AT “Asaka bank” va “Ipoteka bank” Sirdaryo viloyati filiallarida sodir etilgan firibgarlik jinoyati bo‘yicha AT “Asaka bank” va “Ipoteka bank” Sirdaryo viloyati filiallari boshqaruvchilariga taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma yuzasidan 31.05.2022 yilda AT “Asaka bank” va “Ipoteka bank” Sirdaryo viloyati filiallarida jinoyat muhokamasi o‘tkazilib, muhokamada filial xodimlari shahar prokurori o‘rinbosari U.Qo‘shboqov, Guliston shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov bo‘limi boshlig‘i mayor B.Ismoilov, shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi kapitan S.Sobirovlar qatnashishgan.

Muhokamada kelgusida mazkur firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish yuzasidan tegishli chora tadbirlar ishlab chiqish belgilab olingan.

       SIRDARYO VILOYATI IIB HUZURIDAGI TERGOV BOSHQARMASI

Text to speech