18 Aprel 2022 yil 642

Ko‘p miqdorda bo‘lgan isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi.

Sirdaryo viloyati hududidagi “Sirdaryo” YPX maskanida Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida Samarqand–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan “Epika” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro I.I boshqaruvidagi avtotransport salon qismida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan 225 kg hayvon go‘shti borligi aniqlandi.

Shuningdek, Qashqadaryo–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan “Neksiya-1” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Torjilg‘a qishlog‘ida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro E.E boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan 454 kg hayvon go‘shti borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Paxtazor mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro R.B boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan 713 kg hayvon go‘shti borligi aniqlandi.

Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, isteʼmolga yaroqsiz ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Ushbu go‘sht mahsulotlari vaqtincha saqlash uchun Guliston shahar, Quruvchilar ko‘chasi 1-uyda joylashgan “Bunyodkor Go‘sht – Sut Inves Tradet” MCHJ muzxonasiga joylashtirildi. Fuqarolar boshqaruvidagi avtotransport vositalari tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun Sirdaryo viloyati IIB JXX YXHB jarima maydoniga qo‘yildi.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sirdaryo viloyati boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

  Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB karantin guruhi

Text to speech