2 Dekabr 2021 yil 338

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq, etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6099-son farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabr kunidagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 17 yanvardagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va ahloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda 2021 yil 09 noyabr kunidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarinig kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash borasida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Oqoltin tumani Qo‘riqlash bo‘limi  xodimlari o‘rtasida 2021 yil 02 dekabr kuni sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

2021 yil 15 noyabr kunidan, 15 dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” tadbirlari davrida o‘tkazilgan ushbu musobaqada  Oqoltin tumani Ichki ishlar bo‘limidan 5 kishidan iborat 1 ta jamoa, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Oqoltin tumani Qo‘riqlash bo‘limi dan 5 kishidan iborat 1 ta jamoa jami 10 kishidan iborat 2 ta jamoalari o‘rtasida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Oqoltin tumani hududidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida bo‘lib o‘tgan va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan ushbu shaxmat o‘yinlari yakunlariga ko‘ra, Oqoltin tumani IIB HPB sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish guruhi katta inspektori katta leytenant B.Z.Isroilov faxrli 1-o‘rinni, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Oqoltin tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimi serjant A.O.Qurbonov faxrli 2-o‘rinni hamda Oqoltin tumani IIB HPB profilaktika inspektori kapitan Z.L.Yakubov faxrli 3-o‘rinni egallashdi. O‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga Oqoltin tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” tadbirlari davrida Oqoltin tumani IIB xodimlari o‘rtasida sportning boshqa turlari bo‘yicha ham sport musobaqalarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish belgilab olindi.

Text to speech