15 Fevral 2023 yil 317

Jinoyatchilikni oldini olish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sardoba tumanida jinoyatchilikni jilovlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sodir etilgan jinoyatlarga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida, sektor rahbarlari, korxona va idora masʼul rahbar va xodimlari oʻrtasida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda, Sirdaryo viloyati prokurorining Sh.I.Xusenov, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari U.E.Mavlanovlar ishtirokda tuman hududida sodir etilgan jinoyatlarning sabab va shart-sharoitlari oʻrganib, jinoyatchilikni jilovlash borasida aniq vazifalar belgilab olindi. Har bir mahallada fuqarolarning xavfsizligi doimiy eʼtiborda ekanligi taʼkidlanib, mahallada faoliyat olib borayotgan beshlikka jinoyat keltirib chiqaruvchi shaxslar orasida profilaktik ogohlantiruv tadbirlarini tashkil etish, fuqarolarning muammolarini oʻrganish va hal etish, ishsizlarni ish bilan taʼminlash borasida topshiriq va koʻrsatmalar belgilab berildi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB

Text to speech