17 May 2022 yil 323

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tumani sudining  sayyor sudi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 17 may kuni Sardoba tumani 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tumani sudining raisi Z.Rasulov, tuman prokurori yordamchisi A.Tashev, Sardoba tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari X.Abdullayev ishtirokida sayyor sudi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sayyor sud majlisida Sardoba tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida nazorat ostida turuvchi 72 nafar shaxs ishtirok etdi. Hozirgi kunda Sardoba tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida 101 nafar nazorat ostidagi shaxslar turadi. Shundan, 35 nafar axloq  tuzatish ishlari, 27 nafar ozodlikni cheklash, 16 nafar muayyan huquqdan mahrum qilingan, 2 nafar shartli sinov hamda 21 nafar muddatidan oldin shartli ozod qilingan nazorat ostidagilar tashkil qiladi. Tuzalish yo‘liga o‘tganlar nazorat ostidagi shaxslar jazosi muddatini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ozod qilinmoqda, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan o‘talmay qolgan jazo muddati boshqa og‘irroq turdagi jazoga almashtirilmoqda.

Xususan, Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxs Ya.Sh jazodan bo‘yin tovlab kelayotgani sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 46-moddasiga asosan tuman IIB boshlig‘i tomonidan taqdimnoma kiritilib, to‘plangan hujjatlar sud protsessida ko‘rib chiqildi.

 Nazorat ostidagi shaxs Ya.Shni  o‘talmagan axloq tuzatish ishlari jazosi, shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Shuningdek, nazorat ostidagi 3 nafar shaxslar Q.M, A.S va Q.Qlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan taqdimnomalar ko‘rib chiqilib muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi 

 Sardoba tuman IIB JXX Probatsiya guruhi

Text to speech