6 Dekabr 2021 yil 359

IIV Sirdaryo Akademik litseyida tadbir oʻtkazildi.

Joriy yilning 8-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan, o‘quvchilar o‘rtasida milliy qomusimizning qabul qilinishi, tarixi va ahamiyati, konstitutsiya bilan bog‘liq tushunchalar berish, o‘quvchilar ongida milliy o‘zligimizga xos bo‘lgan davlat qomusiga nisbatan faxr-u iftixor hissini shakillantirishga qaratilgan, Vatanni sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor bo‘lish maqsadida "Konstitutsiya-huquq va erkinliklarimiz" mavzusi ostida bellashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda "Adolat" hamda "Demokratlar" jamoasi 7 ta shart asosida o‘zlarining ziyrakligi, bilimdonligi va chaqqonliklarini namoyon etishdi. Ushbu bellashuv "Adolat" jamoasi qatnashchilari o‘zlarining zukkoligi va faolliklari bilan "Demokratlar" jamoasidan ustunliklarini isbotlashdi va g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ushbu bellashuvda hududiy IIB hodimlari mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Bellashuv davomida litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar tadbir mehmon va ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Shu kabi bellashuvlarning o‘tkazilishi kelgusida litsey o‘quvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mukammal egallash barobarida, Konstitutsiya va qonunlarni amaliyotda samarali qo‘llashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi axborot-resurs markazi markaz rahbari Sevinch Xidoyatova

Text to speech