8 Fevral 2023 yil 242

IIV Sirdaryo akademik litseyida Alisher Navoiyning 582 yilligi munosabati bilan adabiy badiiy kecha o‘tkazildi.

Vazirlik Sirdaryo akademik litseyida adabiyotshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida Alisher Navoiyning 582 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy sharqning buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sirdaryo tumani Madaniyat bo‘limi “Yoshlik-do‘stlik” havaskorlar xalq ansambli hamda 12-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining “Durdona raqs dastasi” ansambli litsey professor-o‘qituvchilari, o‘quvchi yoshlar qatnashdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyni xotirlash, uning boy maʼnaviy merosini kelgusi avlodlarga yetkazish va Navoiy kabi buyuk avlodlarni tarbiyalashdan iboratdir. Badiiy kechada mutafakkir bobomiz boy maʼnaviy merosi bilan insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shganini alohida taʼkidlandi. Xususan, Navoiy asarlarida ilgari surilgan umumbashariy g‘oyalar jamiyatda inson qadrini ulug‘lashga, mamlakat taqdiri uchun munosib avlodlarni kamol toptirishga, yoshlarning maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi. 

Tadbir davomida Navoiy g‘azallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida yangradi. Ayniqsa shoir hayoti va ijodi haqidagi sahna ko‘rinishi, iqtidorli yoshlarning A.Navoiyning ijod namunalaridan yod aytgani hamda Sirdaryo tumani Madaniyat bo‘limi “Yoshlik-do‘stlik” havaskorlar xalq ansambli tomonidan Navoiyning g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlarni ijro etishlari hamda “Durdona raqs dastasi” ansambli ijrosidagi ajoyib raqslar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech