5 Yanvar 2023 yil 225

IIV Sirdaryo akademik litseyida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarning holidan xabar olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining tegishli ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilarining qishki taʼtil vaqtini mazmunli o‘tkazish, shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida, joriy yilning 3 yanvar kuni Sirdaryo viloyati hududiy Ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar tomonidan IIV Sirdaryo akademik litseyida tahsil olayotgan chin yetimlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarning holidan xabar olinib taʼtil vaqtida bo‘sh vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech