IIV mutasaddilari ishtirokida Sirdaryo viloyati mahallalarida xavfsiz muhitni yaratishga doir oʻrganishlar olib borilmoqda
Sirdaryo viloyatida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshligʻi polkovnik Sh.Uralov tomonidan hududlarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Jarayonda Guliston shahridagi “Baxt”, “Navbahor” va “Namuna” mahallalarida sodir etilgan qonunbuzurliklarning asl omillarini oʻz vaqtida aniqlash barobarida, ularni bartaraf etish boʻyicha “Mahalla yettiligi” hamda masʼullarga zaruriy topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida, bu kabi chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati