22 Fevral 2023 yil 244

IIV Faxriylar kengashi a’zosi ishtirokida Boyovut tumani va Shirin shahar IIB shaxsiy tarkibi bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishiga xodimlarni chinakam vatanparvar va fidoyi, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish maqsadida joriy yilning 21-fevral kuni IIV Faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, iste’fodagi polkovnik Boltabayev G‘ayratjon Jo‘rayevich ishtirokida Boyovut tumani va Shirin shahar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida faxriy xodim tomonidan Davlat rahbariyati tomonidan bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilayotgan talablar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ–10-son qarori, jumladan Ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga to‘laqonli yetkazilib, xodimlarga turli murakkab va nizoli vaziyatlarda Kodeks hamda tegishli qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish bilan bog‘liq muhim jihatlar tushuntirildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan so‘nggi vaqtlarda sodir etilayotgan poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, yo‘l-transport hodisalari kabi jinoyatlar va boshqa xizmat intizomi buzilishi holatlarini tanqidiy ruhda misollar orqali tahlil qilindi.

Bundan tashqari milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz va urf-odatlarimiz haqida tushunchalar berish orqali xodimlar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish bo‘yicha maslahatlar berib o‘tildi.

Tashkil etilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bundan keyin ham davom etib, har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini ta’minlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech