15 Oktyabr 2021 yil 652

ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini koʻrsatish talab etilmaydi

“Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (645-son, 15.10.2021-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-martdan:

Quyidagi xizmatlar YAIDXP orqali elektron shaklda koʻrsatiladi:

➖ Oʻzbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
➖ chet davlatda Oʻzbekiston fuqaroligini tasdiqlash boʻyicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;
➖ sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;
➖ avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;
➖ jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

 Haydovchining yoʻl-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlari yonida boʻlmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ИД-kartasi orqali tekshiriladi.

Bunda, identifikatsiya ИД-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:

➖ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
➖ transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi, transportga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
➖ transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi.

2022-yil 1-fevralgacha sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga toʻliq kiritiladi.

Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Text to speech