27 Fevral 2022 yil 353

“Harbiylar bilan yonma-yon!!!” bir kunlik tadbir o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Milliy Gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Probatsiya nazoratida turgan yoshlar hamda profilaktik hisobda turuvchi o‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash maqsadida Milliy Gvardiya boshqarmasining dala o‘quv bazasida “Harbiylar bilan yonma-yon!!!” bir kunlik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda yoshlarga Harbiylar tomonidan qurollar ko‘rigi, tog‘-jangovar to‘siqlaridan o‘tish hamda 10 dan ortiq sport turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar va musobaqalar tashkil etildi  

Text to speech