3 May 2022 yil 992

Gulistonda Ichki ishlar xodimiga pora taklif qilgan fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi.

2022 yil 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Sirdaryo viloyati bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Sirdaryo viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi maʼmuriy binosida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida, 1992 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro G‘.B katta serjant J.Xolbo‘tayevga avtomashinasini jarima maydonidan chiqarish va maʼmuriy bayonnomani yengilroq jarima ko‘rsatilgan maʼmuriy bayonnomaga o‘zgartirib berish evaziga xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan maʼmuriy binoning oshxonasida 935.000 so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

   Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: