10 Fevral 2022 yil 458

Guliston shahar IIB Probatsiya guruhi nazoratida turuvchi shaxslarga nisbatan sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shaxar sudining raisi U.Djumayev Guliston shahar Prokurorining yordamchisi B.Axmedov, Guliston shahar IIB Probatsiya guruhi katta inspektori mayor o.X.Tursunov va Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan shaxslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hozirgi  kunda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  jami 345 nafar nazorat ostidagi shaxslar shulardan 92 nafari axloq tuzatish ishlari jazosi, 63 nafari muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi,  70 nafar ozodlikdan cheklash jazosi, 6 nafari sinov, 115 nafari shartli ozod etilganlar jazo o‘tayotgan shaxslar mavjud.

2022 yil 10 fevral kuni Guliston shaharda  Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi raisligida, shahar prokurori yordamchisi, shahar IIB Probatsiya guruhi katta inspektori ishtirokida sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sud majlisida Guliston shahar IIB Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslardan 25 nafari va ularning ota onalari hamda yaqin qarindoshlari ishtirok etishdi.

Ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 4 nafar shaxslarga jumladan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “B” bandi  bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan S.S, O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan S.O, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi  “a, v, g” bandi bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan O‘.U, O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi  bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  ozodlikdan cheklash  jazosini o‘tayotgan S.A lar  Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Guliston shahar IIB Probatsiya guruhi

Text to speech