2 Sentyabr 2021 yil 616

DIQQAT, E'LON! Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchi va professorlarni ishga taklif qiladi.

Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyiga bilim darajasi yuqori, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega pedagog xodimlar ishga taklif etiladi.

Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyida ishlash istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Litseyga qabul qilingan pedagog va boshqa xodimlarga IIV idoraviy litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. 

 Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagoglar ishga taklif etiladi:

         Pedagog xodimlar:

  • ona tili va adabiyot;
  • psixologiya;
  • matematika (ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
  • jismoniy tarbiya;
  • fizika;
  • geografiya;
  • huquqshunoslik;
  • ingliz tili;
  • Ikkinchi xorijiy til (nemis yoki fransuz);
  • Informatika va AT

         Professor-o‘qituvchilarga o‘rindoshlik asosida ishlash uchun sharoit yaratib beriladi.

Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar  8 (367) 377-28-62 yoki +998994733064 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyining manzili:  Sirdaryo tumani, Sirdaryo shahar, Baxt-iqbol ko’chasi, 15-uy

      Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyi

Text to speech