1 Avgust 2022 yil 501

Boyovut tumanida tayinlangan jazodan boʻyin tovlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi.

Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 1991-yilda tugʻilgan Boyovut tumanida yashovchi, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bandi bilan sudlanib, JIB Boyovut tuman sudi tomonidan 1 yil muddatga Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs O.B olib borilgan tezkor tadbirlar davomida oʻziga tayinlangan jazodan boʻyin tovlab, sud tomonidan qoʻyilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022-yil 9-may kuni hamda 2022-yil 15-may kuni yashash xonadonida yoʻqligi va spirtli ichimlik ichganligi aniqlanib, unga nisbatan Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat boʻyicha 2022-yil 20-iyun kuni JIB Boyovut tuman sudiga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs O.B 9 oy 28 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.

Text to speech