Sud tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya etib yashayotgan nazorat ostidagi shaxslar tekshirildi
Boyovut tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotganlar 52 nafarni, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlar 21 nafarni, Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganlar 49 nafarni, Sinov muddati jazosi 1 nafarni, muddatidan ilgari shartli ozod etilganlar 56 nafarni jami 179 nafar nazorat ostidagi shaxslarni tashkil etadi.
Hozirgi kunda Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish, maqsadida Boyovut tumani IIB boshlig‘ining kunlik tun tadbiriga jalb etilgan sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda 52 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagilarni ish joylaridan, hamda 49 nafar Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni sud tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya etib yashayotganligini tekshirilib, muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Boyovut tuman IIB JXX Probatsiya guruhi