9 Avgust 2022 yil 267

Boyovut tumani IIB xodimlari harbiy qisimda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini taʼminlash, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov huzurida oʻtkazilgan videoselektorda berilgan topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 01-avgustdan 01 cyentyabrgacha qadar boʻlgan bir oylik muddat “Vatanparvarlik oyligi” deb eʼlon qilinganligi hamda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida oʻtkaziladigan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida 8-avgust kuni Boyovut tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 49479-sonli harbiy qismga tashrif buyurib, ularning xizmat faoliyati va xizmat joyi bilan yaqindan tanishildi hamda xodimlar bilan harbiy qism mutaxassis xodimi bilan saf tayyorgarligi oʻtkazildi.

Text to speech