4 Mart 2022 yil 61

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida sportning “stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbek ayoli. Bugungi rivojlanishlar davrida o‘zining shijoati bilan jamiyatimizning barcha sohasida faollik namunasini ko‘rsatmoqda. Birgina ichki ishlar sohasini oladigan bo‘lsak,  hozirgi kunda tizimning 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.  Ularga har tomonlama shart-sharoitlar yaratilgan. Sirdaryo  viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tizimdagi  xotin-qizlarning sportdagi faolligini oshirish maqsadida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan rejaga muvofiq, sportning “stol tennisi” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada To‘maris izdoshlari bo‘lgan opa-singillarimiz stol tennisida nechog‘liq darajada mahoratli ekanligini sinovdan   o‘tkazdi. Murosasiz kechgan bahslarda Sayyora Mirahmedova, Lola Saydaliyeva, Kamila Rayimboyevalar raqiblariga  nisbatan  kuchli ekanliklarini namoyon etdi. Natijalarga ko‘ra mutlaq g‘oliblik   Sayyora Mirahmedova musoboqa shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa,  ikkinchi o‘rin Guliston tumani IIB xotin-qizlar masalalari  bo‘yicha katta inspektori Lola Saydaliyevaga, uchinchi o‘rin Sirdaryo  viloyati ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati  va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi inspektori Kamila Rayimboyevalarga nasib etdi. G‘oliblar Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech