14 Aprel 2022 yil 226

Boyovut tumanida vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda ularni bandligini taʼminlab, oilaviy daromadini oshirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari “ mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Aholini bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan  “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasida Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya bo‘limlarida nazorat ostidagi shaxslar, mehnat migrantlarini, shuningdek o‘rta va oliy taʼlim bitiruvchi yoshlarini bandligini taʼminlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari “ mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi  tadbiriga 65 ta davlat tashkilotlari korxonalar va 15 ta xususiy korxona o‘zlarining ko‘rgazmali qurollari va stendlari bilan bo‘sh ish o‘rni  Sirdaryo viloyati “Toza hudud” DUK, “Tibbiyot birlashmasi” “Xalq taʼlim bo‘limi”  “hudud gaz” AJ, Boyovut tumanidagi “Stella Modda” MCHJ tikuv fabrikasi, Sirdaryo viloyati “Obodonlashtirish boshqarmasi” Sirdaryo IES jami 950 ta bo‘sh ish o‘rni bilan tadbirda ishtirok etib, «Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari» yarmarkasida qatnashdilar.

Tadbir davomida, yarmarkani o‘tkazish maqsadi, korxona va tashkilotlardagi tuzilmaviy o‘zgarishlar, bozor islohotlari davrida bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va shu davrda ishchi xizmatchilarning ish joylarini qisqartirilishi tufayli ularga beriladigan kafolatlar tadbir qatnashchilari eʼtiboriga tuman Madaniyat bo‘limi va Yoshlar Ittifoqi bilan birgalikda tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘z o‘zini band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish to‘g‘risidagi 566-sonli qarori haqida kelganlarga maʼlumot berilib, ushbu guvohnomani olgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar va afzalliklari hamda ularga ijtimoiy huquqiy kafolatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boyovut tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslardan 10 nafari ishtirok etdi, 3 nafari Boyovut tumani Obodonlashtirish Boshqarmasiga ishga, 2 nafari tuman “Toza hudud” DUKga ishga joylashtirildi. 5 nafar nazorat ostidagi shaxslarga mutaxassisligidan kelib chiqqan xolda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Yarmarka natijalariga ko‘ra, jami 1200 nafar fuqarolar “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasida  ishtirok etdi.

 Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi

Text to speech