8 Fevral 2020 yil 252

YO'L HARAKATI ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!

2019 yil 2 noyabr kuni soat 09:00larda fuqaro Uraqov Ergash onasi S.Uraqovaga tegishli bo'lgan Lasetti rususmli avtomashinani ishonch qog'ozi asosida Mirzaobod tumani Bog'iston maahallasi yo'lidan o'tiuvchi 4R-28 avtoyo'lining 1 km da boshqarib ketayotgan vaqtida ushbu yo'ldan Lasetti avtomashinasi bilan bir yo'lda ketayotgan fuqaro Bakberdinov Muradning boshqaruvida bo'lgan oq rangli Neksiya rusumli avtomashina chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu avtomashinaning yon tomonidga kelib urilib yo'l transport xodisasi sodir etgan. Mazkur yo'l transport xodisasi natijasida Lasetti rusumli avtomashinada yo'lovchi sifatida ketayotgan Pardaev Sobir og'ir tan jaroxat olib viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Mazkur jinoyat yuzasidan fuqaro Uraqov Ergashga nisbatan o'z.Res JKning 266 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, xozirgi kunda tergov xarkatlari olib borilmoqda.   

Jinoyat uchun jazo muqarrar. Qonun ustuvorligini ta'minlashga har birimiz o'z munosib ulushimizni qo'shaylik.

Sirdaryo viloyati IIB YHXB

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech