3 May 2022 yil 130

Tezkor tadbir davomida jami 13 kilogramm giyohvand vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

Olingan tezkor maʼlumot asosida, Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor vakillari hamkorlikda Sirdaryo tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtoyo‘lidan harakatlanib kelayotgan Oqoltin tumanida yashovchi, A.F boshqaruvidagi qora rangli, Lasetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, old o‘rindig‘i tag qismida qora rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, yashil rangli, quruq holatdagi og‘irligi 111 gramm bo‘lgan, marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida, fuqaro A.F mazkur marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositalarni Sayxunobod tumanida yashovchi fuqaro S.Sh dan 2.000.000 million so‘mga sotib olganligi aniqlangan. 

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro S.Sh ning xonadoni xolislar ishtirokida kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tekshirilganda, xonadon yotoqxonasidan gugurt qutiga solingan 4 dona jigar rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, bo‘lgan, gashish giyohvandlik vositasi, sellofan paketchalarga joylashtirilgan quruq holatdagi marixuana giyohvandlik vosita, nasha giyohvandlik o‘simligi urug‘lari, mehmonxonasidan 3 ta sellofan paketlarga joylashtirilgan, marixuana giyohvandlik vositalar, 1 dona elektron tarozi, 1 dona tag qismi teshilgan yelim idish (baklajka) xonadon ayvoni yerto‘lasidan 2 ta poliyetilen qoplarga joylashtirilgan marixuana giyohvandlik vositalar va xonadondagi daraxt bo‘talari taxlangan joyda 8 tup, uzunligi 5-10 sm bo‘lgan, agrotexnik ishlov berilgan, nasha giyohvandlik o‘simliklari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tezkor tadbir davomida jami 13.879 gramm marixuana va 1,68 gramm gashish giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech