20 Sentyabr 2022 yil 152

Sirdaryoda Yer resurslarini noqonuniy talon taroj qilinishi bilan bogʻliq jinoiy holat aniqlandi

Sirdaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida “telegram” ijtimoiy tarmogʻida “Z» ismli shaxs Boyovut tumani, 2-Boyovut SIU, 4-boʻlimida joylashgan aholi tomorqa yerlari toifasiga kiruvchi 25,0 sotix boʻsh yer maydonini har bir sotixini 3.000.000 soʻmdan jami 75.000.000 soʻmga hisoblab turar joy qurish va hujjatlarini kelgusida tuman kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish sharti bilan oldindan avans (boʻnak) tariqasida 4.000 AQSH dollaridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni Guliston shahrida joylashgan markaziy avtoturargohda olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olinib tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro Z.Xga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech