20 Sentyabr 2022 yil 484

Sirdaryoda tezkor xodimlar tomonidan giyohvand hamda psixotrop moddalar oldi-sotdisi bilan shugʻullanib kelayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi

Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida yashovchi, Z.Sh tomonidan Fargʻona viloyatidan olib kelayotgan giyohvandlik va tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda boʻlgan dori vositalarini Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududida sotish bilan shugʻullanib kelayotganligi toʻgʻrisida tezkor maʼlumotlar olingan.

Olingan maʼlumotlar asosida ushbu shaxsning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sayxunobod tumani Oʻrikzor mahallasi hududida joylashgan “Sayxun” blok postida, Toshkent viloyatidan harakatlanib kelayotgan 1993-yilda tugʻilgan Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida yashovchi Z.Sh boshqaruvida boʻlgan Spark rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashina old haydovchi yonidagi oʻrindiq tagidan, sellofan paketga solingan, 16 dona “Tropikamid”, 7 dona konvalyutadagi, 82 dona “Regapen” va 1 dona konvalyutada 8 dona “Selofen” nomli tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda boʻlgan dori vositalari, avtomashina salonidan 1 dona elektron tarozi va sellofan paketgacha oʻralgan, jigar rangli, nazorat oʻlchovdan oʻtkazilganda, 0,93 gramm boʻlgan gashish giyohvandlik vositasiga oʻxshash vosita borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, Z.Sh. ushbu dori vositalarini Sirdaryo tumanida yashovchi, tanishi D.Z va uning jinoiy sheriklarining buyurtmasiga asosan olib kelayotganligini va hozirda D.Z bilan uchrashishligi kerakligini aniqlangan. Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, Sayxunobod tumani Oʻzbekiston mahallasi hududidan oʻtuvchi A-373 avtoyoʻlining Toshkent viloyati yoʻnalishi yoʻl chetida toʻxtab turgan, A.A boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinaga oldiga borilib, xolislar ishtirokida, avtomashinada boʻlgan 1992-yilda tugʻilgan Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida yashovchi, D.Z shaxsiy tintuv qilinib, avtomashina koʻzdan kechirilganda, D.Z ning yonida boʻlgan sigaret qutisi tashqi sellofaniga qistirilgan, qogʻoz boʻlagi bilan oʻralgan, tamakiga aralashtirilgan, nazorat oʻlchovdan oʻtkazilganda 1,66 gramm boʻlgan gashish giyohvandlik vositasiga oʻxshash vosita, avtomashina orqa oʻrindigʻida boʻlgan sumkadan 6 dona dori vositalari, 1 dona kon valyutadagi 5 dona kapsulasi tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda boʻlgan “Selofen” dori vositalari va sellofan boʻlagiga oʻralgan, jigar rangli, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, nazorat oʻlchovdan oʻtkazilganda, 1,90 gramm boʻlgan, gashish giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositalar, giyohvandlik vositalari isteʼmol qilishda foydalaniladigan metalldan yasalgan moslama (mushtuk) borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Tezkor tadbir davom ettirilib, tadbir jarayonida ushlangan Z.Sh xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilingan, uning egnidagi kiyimidan sellofan paketchaga solingan, jigar rangli, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, 2 dona, nazorat oʻlchovdan oʻtkazilganda, 50,27 va 40,55 gramm boʻlgan, jami 90,82 gramm gashish giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, Z.Sh dori va giyohvandlik vositalarni Z.D va B.Sga olib kelayotganligi aniqlanib, B.S ushlash maqsadida, uning boshqaruvida boʻlgan Neksiya-2 rusumli avtomashina kuzatilib, Sirdaryo tumani Adolat mahallasi Buyuk Turon koʻchasida toʻxtatilganda, avtomashinada B.Sning ukasi 1988-yilda tugʻilgan Sirdaryo tumani Adolat mahallasida yashovchi, I.S borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, uning yonida boʻlgan Redmi rusumli uyali telefon apparat orqa tomonidan sellofan paketchaga oʻralgan, jigar rangli, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, nazorat oʻlchovdan oʻtkazilganda, 0,24 gramm boʻlgan gashish giyohvandlik vositasi oʻxshash vosita borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan va ushbu vositalarni akasi B.Sdan olganligi aniqlanib, tezkor xodimlar tomonidan 1985-yil tugʻilgan Sirdaryo tumani Adolat mahallasida B.S qoʻlga olinib, jinoiy faoliyatiga chek qoʻyilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Z.Sh, D.Z va B.S larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi va 2511-moddasi 3-qismlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olinib, tadbir davomida aniqlangan fuqarolar I.S, S.X va A.A larni jinoyatga aloqadorligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech