5 Noyabr 2022 yil 226

Sirdaryo tumanida oʻgʻirlik jinoyati sodir etgan shaxs qoʻlga olindi.

Sirdaryo tumani, Orzu MFYda yashovchi fuqaro Gʻ.Sh Sirdaryo tumani IIBga ariza bilan  murojaat qilib, arizasida 2022-yil 18-oktyabrdan 21-oktyabrga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs yashash uyida hech kim yoʻqligidan foydalanib kirib, yotoqxonasidagi javon ichidan 15.000.000 soʻm puli va umumiy narxi 3.000.000 soʻmlik 3 turdagi tilla taqinchoqlarini oʻgʻirlab, jami 18.000.000 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazganligini maʼlum qilgan.

Jinoyat qidiru tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni 1990-yilda Sirdaryo tumanida tugʻilgan S.O sodir etilganligi aniqlanib qonuniy tartibda ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro S.Oga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-m 2-q “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech