21 Sentyabr 2022 yil 54

Sirdaryoda tungi reyd tadbirlari davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlaganlik holati aniqlandi.

Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari hamda Sirdaryo viloyat IIB JTSB xodimlari bilan hamkorlikda tungi nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Sayxunobod tuman hududidan oqib oʻtuvchi Shoʻroʻzak zovuridan huquqbuzar ovchi fuqaro N.G tomonidan noqonuniy ravishda elektr qarmoq yordamida 14 dona baliq ovlaganlik holati aniqlandi. Sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuboriladi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech