29 Iyun 2022 yil 60

Sirdaryoda “Instagram” ijtimoiy tarmogʻi orqali diniy ekstremistik oqim aʼzolarining aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan diniy mazmundagi materiallarni ommalashtirib kelayotgan shaxs aniqlandi.

Sirdaryo viloyati IIB va DXX masʼul xodimlari tomonidan fuqarolar tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terrorchilik tashkiloti va diniy ekstremistik oqim aʼzolarining taʼsiri ostida sodir etayotgan jinoyatlarni aniqlash va oldini olish yuzasidan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida, Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi I.K. ismli shaxs internetning “Instagram” ijtimoiy tarmogʻida oʻziga tegishli profil orqali diniy ekstremistik oqim aʼzolarining aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan diniy mazmundagi materiallarni ommalashtirib kelayotganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech