3 Oktyabr 2022 yil 215

“Qora dori-2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbiri davomida Guliston tumanida yashovchi giyohfurushlar qo‘lga olindi.

Olingan tezkor maʼlumot va “Qora dori 2022” keng qamrovli profilaktik-tezkor tadbiri davomida Sirdaryo viloyat IIB JQB, DXX Guliston tumani bo‘linmasi va Guliston tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan Guliston tumani Dehqonobod shaharchasida joylashgan “Dehqon bozor” hududida 1982 yilda Guliston tumanida tug‘ilgan fuqaro A.F, 1978 yilda Guliston tumanida tug‘ilgan fuqaro S.A hamda 1979 yilda Guliston tumanida tug‘ilgan fuqaro U.Sh lar xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinish jarayonida, dastlab fuqaro S.A yonida bo‘lgan qora rangli sellofan paketchaga o‘ralgan, yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, quruq holatdagi, nazoratli o‘lchovdan o‘tkazilganda, 1,98 gramm chiqqan marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositani otib yuboradi, fuqaro A.F esa faol qarshilik ko‘rsatib, qochishga harakat qiladi. Ushbu fuqaro yonida bo‘lgan qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan nazoratli o‘lchovdan o‘tkazilganda, 1,69 gramm chiqqan, yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositani olib, savdo rastasiga otib yuboradi va fuqaro U.Sh ning o‘ng oyog‘idagi paypog‘i orasidan 1 dona 5000 so‘m kupyuradagi pulga o‘ralgan, yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, quruq holatdagi, 1,91 gramm chiqqan, marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vosita borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, bozor hududi ko‘zdan kechirilganda, fuqaro A.F qochgan tomondagi rastalar tugagan joyda, qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, quruq holatdagi, yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, nazoratli o‘lchovdan o‘tkazilganda, 2,45 gramm chiqqan marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vosita va giyohvandlik vosita isteʼmol qilishda foydalaniladigan deb gumon qilingan, yelim idish qopqog‘iga qo‘lbola usulda joylashtirilgan angishvona (mushtuk) hamda ular dastlab ushlangan savdo rastasi tagidan 1,5 litr hajmdagi tag qismi teshilgan, giyohvandlik vositasi isteʼmol qilishda foydalanilgan yelim idish (baklashka) borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bundan tashqari, fuqaro F.F ning yonidan 7 dona va fuqaro S.A ning yonidan 5 dona “Korbamazipin” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.F, S.A va U.Sh larga nisbatan Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “QAMOQQA OLISH” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech