28 Aprel 2022 yil 111

Ishga kirgizib qo'yish evaziga 100 AQSH dollari........

Sirdaryo viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olingan tezkor  maʼlumotlarga asosan ismi shartli o‘zgartirilgan fuqaro Nabiyeva ukasi Nabiyevni Mirzaobod tumani “Obodonlashtirish bo‘limiga ishga joylashtirish maqsadida borganida o‘zini Botir“ deya tanishtirgan ish boshqaruvchi lavozimida ishlovchi rahbar xodim bilan uchrashganida Botir ismli shaxs suhbat chog‘ida mavjud ish o‘rni yo‘qligini agarda bo‘lgan taqdirda fuqaro Nabiyevаning ukasini ishga olishini maʼlum qilgan. Shundan so‘ng Nabiyeva  bir necha bor Obodonlashtirish bo‘limiga borganligini, lekin har safar  Botir ismli shaxs  bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lsada har xil bahonalar qilib unga rad javobini berib kelganligini maʼlum qilgan. Oson pul topish yo‘lini tanlagan Botir joriy yilning 15 aprel kuni fuqaro Nabiyeva bilan uchrashib qolganida uning ukasini 100 AQSH dollari  evaziga obodonlashtirish bo‘limiga ishga joylashishida yordam berishini aytgan.

Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan joriy yilning 19 aprel kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Mirzaobod tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi bosh muhandisi lavozimida ishlovchi fuqaro o‘z xizmat xonasida Nabiyevadan  uning ukasini ishga joylab qo‘yishi uchun kelishilgan 100 АҚШ dollarini olgan vaqtida xolislar ishtirokida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Botir ismli shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech