30 Avgust 2022 yil 172

Gulistonda 2 nafar ayollarni Rossiya federatsiyasida fohishalik qilishlari maqsadida pullayotgan ayol qo‘lga olindi.  

Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan 2022 yil 22 avgust kuni olib borilgan tezkor tadbir davomida 1978 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro M.R o‘zining tanishlari 1986 yilda tug‘ilgan, fuqaro D.N hamda 1991 yilda tug‘ilgan K.K larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali, Rossiya davlatiga jo‘natishlik uchun elektron chipta rasmiylashtirib, fohishalik ishlarida yollab, jo‘natayotgan vaqtida Guliston shahar hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining Guliston-Toshkent yo‘nalishida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.R va boshqalarga nisbatan O‘z.Res JKning 135-moddasi 2-qismi “b, ye,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati     

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech