21 Dekabr 2021 yil 46

Guliston shahrida noqonuniy pirotexnika buyumlari aniqlandi.

Sirdaryo viloyati hududida 2021-yil 19-noyabr kuni, viloyat huquq-tartibot idoralarining qoʻshma rejasiga asosan, viloyat IIB PPXvaJTSB va viloyat Bojxona xizmati hamda tezkor xizmatlar xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahrida oʻtkazilgan tadbir davomida, viloyat hududiga pirotexnika mahsulotlarini olib kirish, sotish, sotib olish, olib yurish, saqlash va ishlatish oldini olish borasida olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, Guliston shaxar, 4-mavze, Boʻston MFYda yashovchi, 2007-yilda tugʻilgan, O.X Xitoyda ishlab chiqarilgan jami 390 (uch yuz toʻqson) quti shundan, 23400 (yigirma uch ming toʻrt yuz) dona “Treniya” nomli hamda 10 (oʻn) dona “7 SHOTS” nomli salyut mahsulotlarini 6.850.000 (olti million sakkiz yuzi ellik ming) soʻmlik pirtotexnika vositalarini sotmoqchi boʻlgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Hozirda surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqarma PPXvaJTSB

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech