8 Fevral 2020 yil 252

Gulistonlik fuqarolar uyida 243,46 gram giyohvandlik vositasini saqlagan!

Joriy yilning 01 avgust kuni B ismli shaxsning arizasi yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida Guliston shahar 4-mavze Bo'ston mahallasi hududida joylashgan Afrosiyob savdo do'koni yaqinida 2 nafar fuqarolar shaxsiy tintuvdan o'tkazilgan vaqtida ulardan birining egnidagi qora rangli shimining old cho'ntagidan, 2 fuqaroning yashash xonadonidagi muzlatgich ichidan polietilen paketga solingan qoramtir rangli, o'zidan o'tkir xid tarqatuvchi giyoxvand moddasiga o'xshash moddalar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida olingan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko'ra ushbu fuqarolardan ashyoviy dalil sifatida olingan modda gashish giyoxvandlik moddasi ekanligi, dastlabki fuqarodan olingan ushbu giyoxvand modda sof og'irligi 3.46 gramga tengligi uning yonida bo'lgan sherigining yashash xonadonidagi muzlatgich ichidan ashyoviy dalil sifatida olingan modda ham gashish giyoxvandlik moddasi ekanligi, ushbu giyoxvandlik moddasining sof og'irligi 240 gramga tengligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan o'z.Res JKning 25-273 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, xozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Respublika miqyosida o'tkazilayotgan "tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari bo'lgan dori-darmonlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish" tadbiri davomida, 2019 yil 5 dekabr kuni vazirlik JQBB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan hamkorlikda Sayxunobod tumani, O'rikzor mahallasida joylashgan "Oxangaron" posti oldida o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahar, Navbaxor ko'chasi 60-uyda yashovchi, 25.01.1990 y.t. Po'latova Xilola Yusupjon qizi, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahar, Furqat ko'chasi, 117-uyda yashovchi, 01.03.1988 y.t. O.I.Fozilxo'jaev boshqaruvidagi "Malibu-2" rusumli, 40E003AA D.b. avtomashinada yo'lovchi sifatida ketayotgan vaqtida to'xtatilib tekshirilganda, yonidagi 2 ta sumkadan jami 19.900 dona tarkibida giyohvandlik vositasi bo'lgan Tramadol dori vositalari topilib, ashyoviy dalil sifatida oligan.

Davom ettirilgan tezkor ishlar natijasida, X.Po'latovaga ushbu preparatlarni jami 8.000 AQSh dollari evaziga (har bir konvalyutasini 40.000 so'mdan) sotish maqsadida berib yuborgan qaynonasi, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahar, Navbaxor ko'chasi 60-uyda yashovchi, 31.01.1962 y.t. Po'latova Raximaxon Abdujabbarovna Sayxunobod tumani hududida ushlangan.

Tezkor ishlar davom ettirilib, R.Po'latovaga ushbu dori vositalarini jami 6.000 AQSh dolari evaziga (har bir konvalyutasini 30.000 so'mdan) hisoblab, sotib berish sharti bilan bergan, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahar, Fidokor ko'chasi, 2/1-uyda yashovchi, 28.12.1971 y.t. Mamatova Dilafruz Alimovna Toshkent viloyatining Piskent tumani hududida ushlangan.

Hozirda olingan giyohvandlik vositasi manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor ishlar davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech