6 May 2022 yil 28

12 gektar ekin yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 3.000 AQSH dollari olayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlarga ko‘ra (ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan) fuqaro Shokirjon Haydarov bir necha yillardan buyon oila aʼzolari bilan birgalikda mavsumiy dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanib, joriy yil ham dehqonchilik qilish maqsadida ekin yer maydoni izlab yurgan vaqti Mirzaobod tumani, yashovchi «Nodirjon» ismli shaxs bilan tanishib qolib, u bilan o‘zaro suhbatlari chog‘ida, unga doimiy foydalanish uchun ekin yer maydonlari olishga yordam qilishini, bu masalada Mirzaobod tumani hokimi bilan yaqin aloqada bo‘lganligi bois tuman hokimi orqali uning nomiga 12,0 gektar ekin yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 3.000 AQSH dollari miqdordagi pullarni talab qilayotganligi yuzasidan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Sirdaryo viloyati prokuraturasi Yer resurslarini talon taroj qilinishini oldini olish bo‘limi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahar hududida o‘tkazilgan «Nazorat ostida olish» tezkor qidiruv tadbir natijasida, fuqaro Shokirjon Haydarovdan qo‘shtirnoq ichidagi qaxramonimiz Nodirjon Mirzaobod tumani hududidan tuman hokimiyatida ishlovchi tanishlari orqali doimiy ravishda dehqonchilik qilib foydalanish uchun ekin yer maydonini uning nomiga qaror chiqartirib berishni vaʼda qilib 3.000 AQSH dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni Guliston shahar hududidagi avtoturargohda olgan vaqti naqd pul bilan ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib daliliy ashyolar olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech